Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda o‘z tanishini pichoqlab o‘ldirgan shaxs 13 yilga qamaldi

Buxoroda o‘z tanishini pichoqlab o‘ldirgan shaxs 13 yilga qamaldi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘z tanishini pichoqlab o‘ldirgan shaxs 13 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kogon shahrining «Zirabod» mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro shaxsiy ishlari yurishmayotgani, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari buzilishiga tanishini aybdor deb hisoblab, undan qayd olishni rejalashtiradi.

2024 yilning 26 yanvaridan 27 yanvariga o‘tar kechasi soat 2:30 larda yashash uyidan oshxona pichog‘ini olib, tanishining xonadoniga boradi. Devordan oshib, hovlining ichkarisiga kirgan shaxs tanishining yotoqxonasiga kiradi va uning yuz sohasiga uradi. So‘ng pichoq bilan ko‘krak qafasiga uradi. Marhumning qarshiliklariga qaramay, tanasining bir necha joylariga pichoq urib, uni o‘ldiradi.

Sud davomida ayblanuvchi avvaldan o‘ziga tanish bo‘lgan marhuma bilan so‘nggi yillarda oralari buzilib, bir necha marta kelishmovchilik yuzaga kelganligi, uning hatto ayoli bilan munosabatlari buzilishiga sabab bo‘lgani, shu tufayli tanishini o‘ldirish rejasini tuzganini tan oldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudida ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasida (qasddan odam o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kiritildi: 07:44 14.06.2024. O'qildi: 1468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!