Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Buxoroda tabiiy gaz o‘g‘risi ushlandi

Buxoroda tabiiy gaz o‘g‘risi ushlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Jondor tumanida joylashgan "A." nodavlat ta’lim muassasasiga qarashli gaz qurilmalar boypas yo‘li bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 768 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:30 16.07.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!