Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda kuchaytirilgan karantinga qaramay tungi klub faoliyat yuritayotgani aniqlandi

Buxoroda kuchaytirilgan karantinga qaramay tungi klub faoliyat yuritayotgani aniqlandi

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida karantin paytida noqonuniy faoliyat ko‘rsatgan «Chorniy kvadrat» tungi klubining yashirin faoliyatiga chek qo‘yildi.

"Bukhara-news.uz"ning yozishicha, Buxoro tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanda karantin tartib-qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tungi reyd o‘tkazilgan.

Reydda kuchaytirilgan karantin bo‘lishiga qaramasdan tungi soat soat 22:30 da «Mustaqillik» mahallasi hududida joylashgan «Chorniy kvadrat» diskobari 13 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotgani aniqlangan.

Buxoroda kuchaytirilgan karantinga qaramay faoliyat yuritayotgan tungi klub aniqlandi

Yashirin tarzda mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lgan «Chorniy kvadrat» tungi klubi rahbariyati IIB xodimlarining talabiga qaramay, bir soatga yaqin vaqt davomida klub eshigini ochmagan. Tadbir davomida qonunga muvofiq chora qo‘llanilgan holda ichkariga kirilgan.

Buxoroda kuchaytirilgan karantinga qaramay faoliyat yuritayotgan tungi klub aniqlandi

«Klubda yosh yigit-qizlarning musiqa ostida ovqatlanib, chilim chekayotgani oydinlashdi. Ular orasida voyaga yetmaganlar ham borligi juda achinarli», — deydi tuman IIB mas’uli. Tungi klub rahbari 46 yoshli Q.B. klubni 26 yoshli ayol G.I.ga vaqtincha foydalanish uchun ijaraga bergan. Ogohlantirishlarga qaramay, karantin davrida ham mijozlarga xizmat ko‘rsatgan G.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu modda bilan ayblangan fuqaroning aybi isbotlansa, fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Tuman IIBning qo‘shimcha qilishicha, klubning 13 nafar mijozi ham epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish moddasi bilan ayblanib, ularga ham chora ko‘riladi.

Kiritildi: 19:34 26.07.2020. O'qildi: 3879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!