Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda kanal muhofaza zonasidagi 125 tup daraxt kesib tashlandi

Buxoroda kanal muhofaza zonasidagi 125 tup daraxt kesib tashlandi

Peshku tumanida kanal bo‘yida o‘sib turgan 125 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanning Mustaqillik, Chig‘irchi, Yangibozor, Sadir va Malishoyak mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi “Zandani” kanalining muhofaza zonasida 125 tup daraxt kesilgan. Daraxtlarning 23 tupi qimmatli, 102 tupi esa qimmatbaho bo‘lgan.

Dastlabki xulosaga ko‘ra, hududda daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazish uchun ichki ishlar organlariga yuborilgan. Jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati o‘rnatilgan.

Oldinroq Toshkentda quruvchi 10 tup daraxtni qasddan quritgani aniqlangandi.

Kiritildi: 16:07 14.09.2023. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!