Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoroda jinoyat joyiga qaytgan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Buxoroda jinoyat joyiga qaytgan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Buxoro shahridagi savdo do‘konlaridan biri oldida o‘g‘rilik sodir etgan ikki shaxs o‘z qilmishining ochilib qolishidan gumonsirab, vaziyatni bilish maqsadida o‘sha manzilga borgan va ko‘p o‘tmay, ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2-son IIB katta tergovchisi, mayor Jahongir Yusupov Daryo ga xabar berdi.

Buxoro shahrida yashovchi, ilgari ham bir necha marotaba jazoni o‘tab chiqqan fuqarolar SH.R. hamda J.J. kechki payt spirtli ichimliklar do‘koni oldida uchrashadi. Ularning e’tiborini Nexia avtomashinasi yukxonasidan pul olib, do‘konga kirib ketgan kishi tortadi. Ustomonlar bir urinishda cho‘ntagidagi otvyorka bilan mashina yukxonasini ochib, qora paketga solingan pullarni olib, voqea joyidan qochadi. Yo‘l-yo‘lakay o‘g‘irlangan 3 million 200 ming so‘m pullarni o‘zaro bo‘lib oladi.

Bu orada o‘g‘irlangan pul egasi M.A. esa ichki ishlar organiga pullarining o‘g‘irlangani haqida xabar beradi. Shu vaqtda o‘g‘rilar jinoyat joyiga qaytadi.

Deyarli, ikki soat ichida o‘g‘irlangan hamma pullarni sovurishga ulgurmagan shovvozlar cho‘ntagidan 684 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olinib, hujjatlashtirildi. O‘g‘rilik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi. Bundan tashqari, ayblanuvchilar qilmishi ularning yashash joyidagi aholi o‘rtasida ham muhokama qilindi. Bu esa jinoyat ko‘chasiga kirgan va shunga moyilligi bor kimsalar uchun ham saboqdir , dedi Jahongir Yusupov.

Kiritildi: 10:36 14.02.2019. O'qildi: 1661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!