Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda erkak 1 yashar farzandiga "baklashka" otgan fuqaroni o‘ldirib qo‘ydi

Buxoroda erkak 1 yashar farzandiga "baklashka" otgan fuqaroni o‘ldirib qo‘ydi

Buxoro shahrida "Matiz" haydovchisi yo‘lovchini ikki kishi bo‘lib urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Inoyat Qilichev ma’lum qildi.

Voqea 2018 yil 25 iyun kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha o‘sha kuni Azizbek Jo‘rayev o‘zining "Matiz"ida ketayotganda shahardagi Ibn Sino va Mustay Karim ko‘chalari kesishmasidagi tirbandlikda O‘ktam Rahmatov "Azamat" do‘koni oldida "Neksiya" taksisini to‘xtatib turgan bo‘lgan. Unga Azizbek jahl qilib «Hayda! Shu yerda ham to‘xtatasanmi?!» deb baqirgan. Shu payt unga javob qaytarish uchun O‘ktam qo‘lidagi "baklashkani" uloqtirgan va u kelib Azizbekning 2017 yilda tug‘ilgan farzandiga tekkan. Shu payt haydovchi bilan ketayotgan otasi Erkin Jo‘rayev ham o‘zini tutib tura olmagan va ota-o‘g‘il O‘ktamni o‘lguncha do‘pposlagan. O‘ktam shifoxonaga yotqizilgan, lekin shifokorlarning sa’y-harakatiga qaramay 2018 yil 17 avgust kuni vafot etgan.

Voqea yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda Azizbek Jo‘rayevga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Otasi Erkin Jo‘rayevga esa 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayin­langan.

Kiritildi: 07:30 09.11.2019. O'qildi: 3591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!