Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda 61 ta do‘kon ichidagi narsalari bilan birga yonib ketdi

Buxoroda 61 ta do‘kon ichidagi narsalari bilan birga yonib ketdi

7 yanvar kuni soat 05:20 da Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman FV bo‘limiga G‘ijduvon tumani “Degrezon” MFY Degrezon ko‘chasida joylashgan 2 qavatli savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:23 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:45 da qurshab olingan va soat 07:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotda 250 kv.m maydon zararlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Mutaxassislar tomonidan yong‘indan so‘ng olib borilgan atroflicha o‘rganishlar davomida 2 qavatli savdo majmuasining “B” blokidagi savdo do‘konlarining 960 kv.m maydonda joylashgan 61 ta do‘kon va ichidagi jihozlari (oziq-ovqat, kiyim-kechak va porfumeriya buyumlari) yonib zararlangan.

Qutqaruvchilarning s’ay-harakatlari natijasida yong‘indan savdo majmuasining “B” bloki yerto‘la qismidagi 64 ta savdo do‘koni hamda majmuaning 6000 kv.m maydondagi A,B bloklaridagi yerto‘la qismi va 1-qavatdagi jami 256 ta savdo do‘konlari saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababini aniqlash maqsadida yong‘in-texnik ekspertizasi tayinlangan.

Voqea joyiga viloyat Hokimi va o‘rinbosari, viloyat FVB rahbariyati, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari chiqishgan.

Kiritildi: 17:20 07.01.2023. O'qildi: 3223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!