Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Buxoroda 3-sinf o‘quvchisi eski quduqqa tushib ketib vafot etdi

Buxoroda 3-sinf o‘quvchisi eski quduqqa tushib ketib vafot etdi

Buxoro viloyati Olot tumanida 3-sinf o‘quvchisi eski quduqqa tushib ketib vafot etdi.

Qayd etilishicha, 2025 yil 15 aprel soat taxminan 14:00 lar atrofida Olot tuman «Navro‘z» MFY Shodlik ko‘chasida yashagan 3-sinf o‘quvchisi L.J. maktabga qo‘shni xonadon hovlisida joylashgan eski quduqqa ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketishi natijasida vafot etgan.

Uni qutqarishga uringan maktab qorovuli vazifasida ishlovchi F.J. ham mazkur quduqqa tushib ketishi sabab ahvoli og‘irlashib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, quduq ichida joylashgan qora rangli botqoq suyuqligidan namuna olingan, tuman tibbiyot birlashmasida murda tashqi ko‘zdan kechirilib, sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan.

Kiritildi: 11:03 17.04.2025. O'qildi: 2424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!