Bu haqda RSHTYOIM Buxoro filiali Axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bemor ikki kun oldin mazkur jismlarni yutib yuborgani sababli og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Shundan so‘ng, RSHTYOIM Buxoro filiali shifokorlari oshqozon va 12 barmoqli ichakka tushgan yot jismlarni endoskopik usulda muvaffaqiyatli olib tashlashgan. Hozirda bemorning ahvoli yaxshi.
Ma’lum bo‘lishicha, u psixiatr nazoratida ro‘yxatda turgan.