Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.P.” xususiy korxonasi boshqaruvchisi A.R. savdo do‘konida umumiy bahosi 23,8 mln so‘mlik 705 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Qorako‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.M.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘koni sotuvchisi A.G‘. 13 turdagi 564 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.