Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Olot tumanida “SH. N. K.” MCHJga tegishli shifo maskaning elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 184 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:57 21.05.2025. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!