Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Buxoro viloyati mas’ullari 5,3 mingdan ziyod yoshlarga o‘z ishini topib berishi kerak

Buxoro viloyati mas’ullari 5,3 mingdan ziyod yoshlarga o‘z ishini topib berishi kerak

Buxoro viloyatida ham joriy yil avvalida 13 ming 374 nafar ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha “Manzilli reja”-yu “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilar ekan, barchasi bitta formulaga asoslangani aniq: Xalq qabulxonalari va sektorlar yoshlarga ishlab daromad topishi uchun barcha sharoit-u imkoniyatni yaratib beradi, yigit-qizlar esa belni mahkam bog‘lab faqat mehnat qilishi kerak.

Ilk natijalar yomon emas: joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 11 ming 444 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish o‘rni va barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi. Yillik rejaning 85,5 foizdan ortig‘i uddalangani esa dastlabki marra, xolos. Endigi vazifa esa karantin davrida ish o‘rnini yo‘qotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan 5,3 mingdan ziyod yoshlarga o‘z ishini topib berishdan iborat.

Viloyatdagi ana shunday ishsiz yoshlar, ular bilan ishlashga mas’ul mutasaddilar bilan muloqotda bu borada Buxoroda hali ishga solinmagan imkoniyat-u salohiyat katta ekani ta’kidlandi. Uch kun ichida barcha tuman-shaharlarda o‘rganishlar olib borilib, ish beruvchilar va ishsiz yoshlar kooperasiyasini yo‘lga qo‘yishga kirishildi.

Deylik, ayni paytda katta qurilish maydoniga aylangan Buxoro shahrining o‘zida ko‘p qavatli 157 ta uy, 866 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilmoqda. Mana shu qurilish jarayonining o‘zida esa qurilish-pudrat tashkilotlari qariyb 430 dan ziyod bo‘sh ish o‘rniga ega: qay biriga g‘isht teruvchilar, kimgadir paydvandchilar, yana boshqasiga suvoqchilar kerak. Viloyatda esa shu ishlarni eplaydigan, xorijdagi katta qurilish maydonlarida chiniqqan va ayni paytda ishsiz yoshlar kam emas.

Ilk muloqot 82 ta qurilish tashkiloti rahbarlari 180 nafar ishsiz yoshlar o‘rtasida kechdi. Natijada esa dastlabki kunning o‘zida qariyb 100 nafar yigit sharif shahardagi qurilish ob’ektlariga ishga qabul qilindi. Buxorolik Javohir Arabov ham ayni tog‘ni ursa talqon qiladigan yoshda. Payvandchilikda tajribasi bor, malakasi yetarli. Anchadan beri muqim ish topa olmayotgan Javohir mana endi “Buxoro siti” loyihasi doirasidagi yirik savdo majmuasi qurilishida o‘z ishini topdi.

Darvoqe, bu yil Buxoro shahridagi 866 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilib, ishga tushirilgach, minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Birgina mana shu “Buxoro siti” tarkibidagi “Karvon shopping” savdo majmuasida 3 mingga yaqin doimiy ish joyi ochiladi. Ularning aksariyatida yoshlar ish boshlaydi.

 

Kiritildi: 09:48 24.06.2020. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!