Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buxoro va Toshkent viloyatida energiya resurslariga noqonuniy ulangan issiqxonalar fosh etildi

A A A
Buxoro va Toshkent viloyatida energiya resurslariga noqonuniy ulangan issiqxonalar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi, IIB va "O‘zenergoinspeksiya" hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.E.” MCHJ mas’ul shaxslari MCHJga qarashli Kogon tumanidagi issiqxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 3 mln kub metr. tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shuningdek, “B.B.” MCHJ rahbari R.SH. ijara shartnomasi asosida “K.E.” MCHJga tegishli issiqxonadan foydalanib kelib, 488,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qibray tumani bo‘limi, DXX va “Qibraytumangaz” GTB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. tijorat maqsadida “Obod” MFY hududida joylashgan issiqxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga rezina shlang yordamida yashirincha ulanib, jami 288,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:37 03.02.2025. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!