Joriy yil 11 yanvar kuni soat 22:30 larda Buxoro shahar Tagman Bofon ko‘chasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan N.M. ismli shaxs Buxoro shahar Abu Ali Ibn Sino ko‘chasida joylashgan “Gramafon” nomli tungi klubda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan ushbu klubga mijoz sifatida kelgan 2 nafar fuqaro bilan hech bir sababsiz janjallashib, ularni urib yengil tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro N.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.