Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoro shahrida xonadonida fohishaxona tashkil qilgan ayol fosh etildi

Buxoro shahrida xonadonida fohishaxona tashkil qilgan ayol fosh etildi

Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan Q.H. ismli ayol Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonida fohishaxona tashkil qilib, begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib kelib, buning evaziga moddiy manfaat ko‘rib kelgan.

Jumladan, 2023 yil 16 may kuni soat 23:00 larda X.A. ismli erkakning R.O‘. ismli ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 400 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, “mijozlarga” uyni bo‘shatib, barcha shart-sharoitlar yaratib berib, bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:12 30.05.2023. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!