Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Buvi o‘g‘lining alimentini pensiyasidan to‘ladi

Buvi o‘g‘lining alimentini pensiyasidan to‘ladi

Buvi MIB xodimlariga bu ishni "o‘g‘lining javobgar bo‘lmasligi va nevarasining otaga bo‘lgan mehri uzilmasligi uchun" qilganligi bildirgan.

Farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash bola huquqlarining poymol qilinishiga olib keladi. Afsuski, bunday holatlar hayotda uchrab turadi.

Majburiy ijro byurosining Zomin tuman bo‘limi davlat ijrochisining sa’y-harakatlari bilan M.K. ismli fuqarodan 20 million so‘mga yaqin aliment qarzi undirildi. Sud qaroriga ko‘ra, M.K. voyaga yetmagan farzandi uchun sobiq turmush o‘rtog‘i F.M.ga aliment to‘lashi kerak bo‘lgan, ammo bu majburiyatini bajarmay kelgan.

Bundan xabar topgan aliment to‘lovchi fuqaro onasi S.I. o‘g‘li javobgar bo‘lmasligi uchun o‘z pensiyasidan to‘plab yurgan pulni nevarasining alimenti uchun o‘tkazib berdi.

Shundan so‘ng, buvining pullari kelinining plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.

Qarzni to‘lash jarayonida buvining mehrli ko‘zlari uning nevaralari kelajagi haqida o‘ylayotganidan dalolat berardi.

Kiritildi: 19:26 15.07.2025. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!