Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Buvaydalik o‘quvchi kimyo fani bo‘yicha 56-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi

Buvaydalik o‘quvchi kimyo fani bo‘yicha 56-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Moskva davlat universiteti, xalqaro "EvroXim" kompaniyasi hamda boshqa tashkilotchilar bilan hamkorlikda Toshkentda tashkil etilgan kimyo fani bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Xalqaro Mendeleev olimpiadasining navbatdagisi muvaffaqiyatli yakunlandi.

16 mamlakatdan 100 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan Olimpiada ikki nazariy hamda bir tajriba o‘tkazish bosqichidan iborat bo‘lib, o‘quvchilar 9 ta oltin, 18 ta kumush, 28 ta bronza medallar uchun bahslashdilar.

Buvayda tumanidagi 2-IDUMI o‘quvchisi Ozodbek Meliqo‘ziyev ham olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ozodbek Meliqo‘ziyev Buvaydadagi o‘zi ta’lim olayotgan maktab-internatda tantana bilan kutib olindi. Tadbirda tuman hokimi Behzod Ibragimov ham ishtirok etib, Ozodbek va uning ota-onasiga, o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildirdi, ularga sovg‘alar topshirdi.

Kiritildi: 15:59 18.05.2022. O'qildi: 1954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!