Ijtimoiy tarmoqlarda feyk akkauntlar orqali Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Yakkatut MFYda joylashgan margimush saqlanayotgan maxsus ob’ektning hozirgi ahvoli haqida xabarlar tarqaldi.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ob’ekt doimiy nazoratga olinganligi hamda tarqalgan xabarlar asossiz ekanligini ma’lum qiladi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoq vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikdan bu kabi xabarlarga ishonmaslikni, ularni tarqatishdan oldin to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga aniqlik kiritishlarini so‘raymiz. Agentlik ochiq muloqotga har doim tayyor.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, margimush ob’ektining atrof-muhit hamda aholiga salbiy ta’siriga chek qo‘yilgan. Hudud atrofi beton to‘siqli devorlar bilan o‘rab, konservasiya qilingan hamda hudud bo‘ylab sim yog‘ochlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ob’ektning ustki qismiga toza inert tuproq yotqizilgan va devor qismiga yomg‘ir va oqova suvlarini hamda nam massani o‘tkazmaslik maqsadida burg‘ulash (teshish) ishlari amalga oshirilgan.
Hududda har chorakda rejaviy suv, tuproq namunalari olinib, nazorat monitoring tadbirlari o‘tkaziladi.