Kecha, 18 may kuni Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani Burchmulla qishlog‘i hududidagi "Kopir tosh" tog‘iga ikki nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, ulardan biri yo‘ldan adashib qolishi natijasida tog‘dan tushaolmay qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqaro dengiz sathidan taxminan 2000 metr balandlikdan topilgan va xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.