Quvvati 20 megavat bo‘lgan “Chorvoq shamol elektr stansiyasi" 2026 yilda ishga tushilishi rejalashtirilgan.
Stansiya ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 50 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida 15 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi va atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinadi.
Mazkur elektr stansiya orqali qariyb 20 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.