Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida avtohaydov qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda harakatlangan transport vositasi YPX xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan yo‘lini davom etdi. Bu haqda hududiy IIB YPX xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi avtotransport vositasining davlat raqam belgisini yechib tashlagan, shuningdek, oynalarini texnik talablarga zid ravishda qoraytirgan holda harakatlangan.
YPX xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida transport vositasi to‘xtatilib, u voyaga yetmagan shaxs tomonidan boshqarilayotgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan belgilangan tartibda rasmiy ma’muriy choralar ko‘rildi.