Hukumat qarori (247-son, 21.04.2025 y.) bilan “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.
Nizom noturar bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini aniqlash va xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalarini rasmiylashtirish, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlaridan samarali foydalanish mezonlari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari "Davlat mulki" ATda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarining hisobini yuritish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:
toifalarga ajratish bo‘yicha:
bo‘sh turgan;
me’yorga asosan ortiqcha maydon aniqlangan;
qurilishi tugallanmagan (1 yildan ortiq muddatda);
samarali foydalanish choralari ko‘rilganligi bo‘yicha:
rivojlantirish dasturlariga kiritilgan;
ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan;
davlat-xususiy sheriklik dasturiga kiritilgan;
ijaraga berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.
Markaz aniqlangan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xatlov yakunlangandan so‘ng 10 kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.