"Bunyodkor" stadionida elektr ta’minoti qarzdorlik tufayli 4 sentyabr sanasidan e’tiboran to‘liq uzib qo‘yilgani oqibatida, O‘zbekiston professional fubol liga ofisi vaqtincha masofadan ishlash rejimiga o‘tdi.
Mazkur holat Superliga va Proliga uchrashuvlarining translyasiya jarayoni hamda internet translyasiyalarini taqdim etishda sifatning pasayishiga olib kelmoqda. Ma’lumki, rasmiy uchrashuvlar davomida Liga translyasiya signallarini o‘zida qabul qilib, markazlashtirilgan tartibda ularni turli platformalar orqali qayta uzatish ishlarini amalga oshiradi. Biroq stadiondagi elektr energiyasi bilan yuzaga kelgan muammo sababli Liga serverlari to‘liq nofaol holatga keldi. Shundan kelib chiqib, Liga uchrashuvlardan signallarni qayta uzatishda tashqi serverlardan foydalanmoqda.