Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Dunyo go‘zali — 2026» tanlovi g‘olibi aniqlandi

«Dunyo go‘zali — 2026» tanlovi g‘olibi aniqlandi

Vyetnamda «Dunyo go‘zali — 2026» xalqaro go‘zallik tanlovi yakunlandi. Tanlovda Dominikan Respublikasi vakili, 24 yoshli Joeiri Mola g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov finali 5 sentyabr kuni Nyachang shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan 111 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Joeiri Mola o‘qituvchi, jurnalist va ijtimoiy faol sifatida faoliyat yuritadi. Unga g‘oliblik tojini o‘tgan yilgi «Dunyo go‘zali» — Tailand vakili Opal Suchata Chuangsri topshirdi.

Tanlovda birinchi vise-miss unvoni Ispaniya vakili Elizabet Reynsga, ikkinchi vise-miss unvoni esa Malayziya vakili Taanusiya Chettiga nasib etdi.

Dominikan Respublikasi uchun bu «Dunyo go‘zali» tanlovidagi 44 yildan keyingi ilk g‘alaba bo‘ldi. Mamlakat vakili so‘nggi bor 1982 yilda ushbu unvonni qo‘lga kiritgan. O‘shanda Mariasela Alvares g‘olib bo‘lgan edi.

Kiritildi: 16:50 07.09.2026. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!