Diplomatning ta’kidlashicha, o‘zaro hurmat asosida rivojlanib kelayotgan ikki tomonlama munosabatlarning 64 yildan ortiq tarixiga qaramay, Eron Seulning AQSh tashabbuslariga qo‘shilishini «tajovuzkorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash» sifatida baholaydi.
Bekayning so‘zlariga ko‘ra, «Eron AQShning tajovuzkor harakatlari va harbiy jinoyatlariga qarshi adolatli mudofaa olib borayotgan hozirgi sharoitda Fors ko‘rfazi mintaqasida boshqa davlatning harbiy huzuri yoki operasiyalarida ishtirok etish muqarrar ravishda jiddiy oqibatlarga olib keladi».
Eron TIV vakili Islom Respublikasi Janubiy Koreya bilan do‘stona munosabatlarga hanuz katta ahamiyat qaratishini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, u hech bir suveren va mas’uliyatli davlat Vashingtonning bosimi va tahdidlariga bo‘ysunmasligi hamda «buyuk Eron xalqiga qarshi tajovuz va dahshatli jinoyatlarning sherigiga» aylanmasligi kerakligini ta’kidladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy hamkorlikni qisqartirish bilan tahdid qilganidan so‘ng Janubiy Koreya Hurmuz bo‘g‘oziga harbiy-dengiz floti yuborishga tayyor ekanini bildirgani ma’lum bo‘lgan edi.