Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Bundestag Ukraina uchun yangi harbiy paketni tasdiqladi – Der Spiegel

 Bundestag Ukraina uchun yangi harbiy paketni tasdiqladi – Der Spiegel

Kiyevni harbiy jihatdan moliyalashtirish 2029 yilgacha kafolatlangan. Joriy yilda Germaniya Ukrainaga 3 milliard yevrolik, keyingi uch yil davomida esa yana 8,3 milliard yevrolik qurol-yarog‘ yetkazib beradi. Bundestag byudjet qo‘mitasi ushbu qarorni ma’qulladi.

Yangi paketga havo hujumidan mudofaa vositalari, o‘q-dorilar, uchuvchisiz uchish apparatlari va zirhli jangovar mashinalar, jumladan, Marder piyoda jangovar mashinalari hamda boshqa texnikalar kiradi. Mablag‘lar Ukraina harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun ham ajratiladi.

Der Spiegel nashrining xabar berishicha, yaqin yillar ichida Germaniya Ukrainaga IRIS-T va Patriot komplekslari uchun 3 milliard yevrolik raketalar va yana qo‘shimcha 3 milliard yevrolik artilleriya snaryadlari jo‘natadi. Jangovar dronlar uchun esa taxminan 900 million yevro sarflanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:32 21.03.2025. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!