Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

«Hokim yordamchilari va faollarni mahalla raisi taklifi bilan tuman hokimi tayinlaydi»

«Hokim yordamchilari va faollarni mahalla raisi taklifi bilan tuman hokimi tayinlaydi»

«Hokim yordamchilari tashabbuskorlarni topib, mahallada mikro va kichik loyihalarni amalga oshirishni ancha o‘rgandi, tajriba orttirdi. Endi ular o‘zi mas’ul bo‘lgan mahalladagi ishini “loyihaviy yondashuv” asosida tashkil qilishga o‘tadi»,
— dedi Prezidentimiz.

Hokim yordamchilarini “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilib, buni «og‘ir» mahallalardan boshlash topshirildi. Har bir tuman kesimida “loyihaviy yondashuv” asosida amalga oshiriladigan loyihalar portfeli shakllantiriladi.

«Og‘ir» mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat ob’ektlarining boshlang‘ich narxini 2–3 karra pasaytirib, sotuvga chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Ish o‘rni va daromadni ko‘paytirish bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 ta «og‘ir» mahallalarga 1 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Ushbu mahallalardagi hokim yordamchilari Xitoy, Turkiya, Koreya, Malayziya kabi davlatlarga bir oylik malaka oshirish kurslariga yuboriladi.

«Mahalla yettiligi» samarasini oshirish bo‘yicha poytaxtda yo‘lga qo‘yilgan tajriba endi barcha tuman va shaharlarda ham tatbiq etilishi belgilandi.

Bundan buyon hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi mahalla raisi taqdimnomasi asosida tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ishdan olinadi.

Kiritildi: Bugun 18:06. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!