Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Kildon mahallasi hududidagi Oqtepa kanali ichki qismi va qirg‘oq bo‘yida eroziyaga qarshi ekilgan o‘sish holatidagi 498 tup turli daraxtlar(327 tup terak, 161 tup tol, 5 tup tut, 3 tup jiyda, 2 tup yong‘oq) moratoriy talablariga zid ravishda kesib tashlangani aniqlandi.
Buning natijasida tabiatga 2 mlrd 220 mln 62 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.