Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bukmekerlik faoliyati uchun 5 yilga lisenziya beriladi

Bukmekerlik faoliyati uchun 5 yilga lisenziya beriladi

O‘zbekiston prezidentining «Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2024 yil 19 apreldagi farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qilindi. Bu haqida «Norma» xabar berdi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda Internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilgan.

Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni, lotereyalar tashkil etish va o‘tkazishda hamda bukmekerlik faoliyatidagi cheklovlar belgilandi. Shuningdek, bunday faoliyatni amalga oshirishga oid ayrim to‘lovlar turlari va miqdorlari tasdiqlandi.

Qarorda belgilanishicha, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Stavkalar va o‘yinchilarning yagona davlat registrini yuritadi.

Internet tarmog‘i o‘yinlar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi uchun Ustav kapitali miqdori – BHMning 150 ming baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisi banklarda BHMning 75 ming baravari miqdoridagi zaxira jamg‘armasini saqlashi kerak.

Faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:

— 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga to‘lovlarni amalga oshirish;

— lotereya biletlarni sotish punktlaridan tashqari o‘yinchilar bevosita ishtiroki va bo‘lishi bilan bog‘liq tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan stasionar yoki ko‘chma o‘yin zallari, kazino, o‘yin avtomatlar zallari yoki boshqa o‘yin muassasalarining tashkil etish.

Quyidagi bukmekerlik garovlarini tashkil etish va o‘tkazish ham cheklanadi:

— O‘zbekiston Respublikasining hududida va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida hodisalarga (sport o‘yinlari va musobaqalari, siyosiy jarayonlar, tanlovlar va boshqalar), bundan xalqaro federasiyalar qoidalar asosida tegishli darajada tayyorgarlik, nazorat va hakamlikni ta’minlangan holda, tomoshabinlar ishtirokida o‘tkaziladigan sport o‘yinlari va xalqaro darajadagi hodisalar mustasno;

— bolalar va o‘smirlar sport musobaqalari mustasno.

Qonun 12.12.2024 yildan kuchga kiradi.

Kiritildi: 17:52 13.12.2024. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!