Bugundan boshlab kuchli magnit bo‘roni Yerni qamrab oladi va oktyabr oxirigacha davom etadi.
26 oktyabrdan 31 oktyabrgacha kuchli geomagnit bo‘ronlar kuzatilishi kutilmoqda. Faollikning eng yuqori darajasi 29 va 30 oktyabr kunlariga to‘g‘ri keladi — bu kunlarda indeks 6 ballga yetishi mumkin.
Shifokorlar ogohlantiradi: bo‘ron paytida bosh og‘rig‘i, charchoq va bosim o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
Ta’sirini kamaytirish uchun — ko‘proq suv ichish, havoda sayr qilish va asabni tinch tutish maslahat beriladi.