Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Bugun va ertaga Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

A A A
Bugun va ertaga Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

"Hududgaz Poytaxt"ning bergan xabarina ko‘ra, Sergeli tumani “Jaloyir” MFY, Fayz ko‘chasidan o‘tgan yer usti d-57mmli o‘rta bosim gaz quvurini hamda “Xonobod” MFY, Xonobod ko‘chasi 12-uy oldidan o‘tgan gaz quvuri tartibga keltiriladi.

Shu tufayli 12 aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shundan aholi va ulgurji iste’molchilari:

“Jaloyir” MFY, Fayz ko‘chasida joylashgan 48 ta uy xo‘jaliklarida hamda 1 ta ulgurji iste’molchilarida;

“Xonobod” MFY, Xonobod ko‘chasida joylashgan jami 126 ta uy xo‘jaliklarida va 1 ta ulgurji iste’molchilarida.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning “Erosti gaz quvurlari” xizmati Yunusobod tuman Azimtepa ko‘chasidagi CHL “F.M.Mavlyanov” ob’ektida joylashgan o‘rta bosimli d-76 mm bo‘lgan yerusti gaz taqsimlash punktini xavfsiz joyga ko‘chiradi.

Shu tufayli 13 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Azimtepa ko‘chasida joylashgan 50 ta uy xo‘jaliklariga gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Kiritildi: 10:20 12.04.2023. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!