AQSh moliya vaziri Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 24 avgust kuni Tehronga qarshi yangi va o‘ta keskin iqtisodiy bosim choralari e’lon qilinadi.
Bessent Qo‘shma Shtatlar moliyaviy vositalar, sanksiyalar hamda savdo va neft eksporti bilan bog‘liq cheklovlardan foydalangan holda Eronga nisbatan iqtisodiy bosimni sezilarli darajada kuchaytirish niyatida ekanini bildirdi.
"Bundan ko‘zlangan maqsad Tehronni keng ko‘lamli iqtisodiy izolyasiyalaahga erishish", — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi “keng ko‘lamli iqtisodiy amaliyot” boshlashini e’lon qilgan va Tehronni qo‘llab-quvvatlagan davlatlarga tahdid qilgandi.