Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bugun Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ob-havoning beqarorligida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarimda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Kiritildi: 07:54 10.06.2021. O'qildi: 2643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!