Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Bugun Mahmud Muradov Chexiyada jang qiladi

Bugun Mahmud Muradov Chexiyada jang qiladi

Bugun Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri tashkil etiladi.

Mazkur turnirning co-main event to‘qnashuvida hamyurtimiz Mahmud Muradov oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jangda yurtdoshimizga Chexiya vakili Patrik Kinsll raqib bo‘ladi. Jang o‘rta vazn toifasida Oktagon Interim chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi.

Ushbu jang Toshkent vaqti bilan taxminan 00:30dan so‘ng boshlanadi. Boshqa janglar natijasiga qarab, boshlanish vaqtida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Mahmud Muradov faoliyati davomida hozirga qadar 36 ta jang o‘tkazib, 28 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz bilan tengdosh Patrik Kinsll hisobida esa 28 ta g‘alaba va 11 ta mag‘lubiyat mavjud.

Turnir kardi bilan tanishing:

Bugun Mahmud Muradov Chexiyada jang qiladi

Kiritildi: 16:29 14.06.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!