Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bugun G‘azo shimolidagi qamalning 55-kuni

Bugun G‘azo shimolidagi qamalning 55-kuni

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 418 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar G‘azoning Zaytun hududi, Bayt Lahiya, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 44249 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Bugun G‘azo shimolidagi qamalning 55-kuni. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, birgina noyabr oyida bosqinchilar G‘azo shimoliga yordam yetkazilishi bo‘yicha 41 ta so‘rovni rad etgan.

▪️Fashistlar ko‘chirilganlar yashayotgan Tabayin va Zaytun maktablariga hujum qildi. 23 kishi shahid bo‘ldi. Ularning aksariyati bolalardir.

▪️Al-Qassam brigadalari Nitsarim o‘qiga zarba berdi va Jabaliyadagi Al-Auda masjidi yaqinida "Merkava" tankini ekipaji bilan yo‘q qildi.

▪️Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasidagi sulh bugun ertalab soat 4 da kuchga kirdi.

▪️Sulh e’lon qilinishidan oldin "Hizbulloh" Isroilning Hayfa, Tel-Aviv, Nahariya va Jalila shaharlariga katta miqdorda raketalar uchirdi - sirenalar kuniga 115 marta yangradi. Akkadagi Sharaga bazasi uch marta hujumga uchradi, Kapridagi 146-divizionning yangi qarorgohi bombardimon qilindi, Kiryat Shmonaga uchuvchisiz uchoqlar yordamida hujum qilindi.

▪️Bosqinchilar Livanning Bayrut, Baalbek, Tir, Saidaga va Quvaytning Livandagi elchixonasi yaqinlariga hujum qilishdi. Nasistlar hujumlari boshlanganidan beri 3823 kishi halok bo‘ldi.

▪️Isroilliklarning 61 foizi Isroil "Hizbulloh"ni mag‘lub eta olmadi deb hisoblamoqda.

▪️ Reuters: Turkiya ravvin Koganni o‘ldirishda ayblanayotgan o‘zbekistonliklarni BAAga ekstradisiya qildi. BAA Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Turkiya rasmiylariga minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 22:00 27.11.2024. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!