Global qayta ishlash kuni har yili o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, u qayta ishlashning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish va odamlarni chiqindilarni kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlarga undashi bilan ahamiyatlidir. Ushbu kun barqaror amaliyotlarni targ‘ib qilish va qayta ishlashning afzalliklarini ta’kidlash uchun butun dunyo bo‘ylab shaxslar, tashkilotlar va hukumatlarni birlashtiradi.
Mazkur kun munosabati bilan, poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan "Prof Pask" chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash zavodining faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Ushbu korxonaning bir kunlik qog‘oz chiqindi qabul qilish hajmi o‘rtacha 110 tonna bo‘lib, kunlik qog‘oz chiqindini qayta ishlash hajmi esa 90-100 tonnani tashkil etadi. Shuningdek, korxona tomonidan bir oy davomida imoport uchun 60 tonnaga yaqin qog‘ozlar hamda 3 500 donadan ziyod eksportbop qog‘oz qutilari ishlab chiqariladi.
So‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha chiqindilarning ko‘payishi va cheklangan resurslar muammosi eng dolzarb muammolarga aylanib ulgurdi. Ushbu muammolarni hal qilishning samarali usullaridan biri bu chiqindilarni qayta ishlash natijasida turli xil xo‘jalik sohalari uchun zarur bo‘lgan funsional xususiyatlarga ega xom ashyo sifatida foydalanib (ikkilamchi maqsadlarda foydalanish) tegishli mahsulotlarni olishdir.