Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bugun barcha xodimlar kamida 1 soat vaqtli ketishi mumkin

 Bugun barcha xodimlar kamida 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 21 mart — Navro‘z umumxalq bayrami, ya’ni ishlanmaydigan bayram. Shu bois bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensasiya qilinadi.

Kiritildi: 09:34 20.03.2025. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!