Parij apellyasiya sudi «PSJ» klubi jamoaning sobiq darvozaboni Janluiji Buffonga 250 ming yevro miqdorida tovon to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.
Qaror 2018 yil yakunlari bo‘yicha Italiya soliq organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq tuzatishlari bilan bog‘liq. Umumiy pul miqdori 1,2 million yevroga yaqin bo‘lib, Buffon ham «Yuventus», ham «PSJ» safida to‘p tepgan davrni qamrab oladi.
Italiyalik darvozabon o‘zining «PSJ» bilan tuzgan shartnomasidagi maxsus bandga tayanildi. Unga ko‘ra, klub 2018 yil uchun Italiya hukumati tomonidan belgilangan soliqlarning 50 foizini, ammo 250 ming yevrodan ko‘p bo‘lmagan qismini (ijtimoiy to‘lovlarni inobatga olgan holda) qoplashi lozim edi.
Sud futbolchining da’vosini to‘liq qondirdi. «PSJ»ning mazkur qarorni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha urinishi esa natija bermadi.