Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Bu yilgi G‘alaba paradi “qisqartirilgan shaklda” o‘tadi — Rossiya prezidenti matbuot kotibi

Bu yilgi G‘alaba paradi “qisqartirilgan shaklda” o‘tadi — Rossiya prezidenti matbuot kotibi

Dmitriy Peskovning bayonotiga ko‘ra, bu yilgi G‘alaba paradi terrorchilik xavfi hamda sana yubiley bo‘lmaganligi sababli “qisqartirilgan formatda” o‘tkaziladi.

"Jang maydonida kundan-kun hududlarini boy berayotgan Kiyev rejimi hozirda bor kuchi bilan terrorchilik faoliyatiga kirishgan. Ushbu terrorchilik tahdidi fonida, albatta, xavfni minimallashtirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. 2025 yilda bu yubiley sana munosabati bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan keng formatdagi parad edi. Bu yilgi sana yubiley emas, shuning uchun parad qisqartirilgan formatda o‘tkaziladi", — dedi u.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi G‘alaba paradi harbiy texnikalarsiz o‘tishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, unda Suvorov va Naximov harbiy bilim yurtlari hamda kadet korpuslari tarbiyalanuvchilari ishtirok etmaydi.

Kiritildi: 23:14 29.04.2026. O'qildi: 192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!