Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Bu yil 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish esa elektr plitasi orqali bo‘ladigan qilib qurish zarurligi qayd etildi

Bu yil 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish esa elektr plitasi orqali bo‘ladigan qilib qurish zarurligi qayd etildi

O‘tkazilgan muloqotlarda developerlarning ko‘pchiligi yer olish, kredit, qurilishga ruxsat, infratuzilma, foydalanishga topshirish, uylarni sotish bilan bog‘liq masalalarni ko‘targan.

Misol uchun, o‘tgan yili 5 ming xonadonli 150 ta ko‘p qavatli uy aylanma mablag‘ yetmagani uchun bitmay qolgan. Bu borada banklarning xorijdan jalb qilingan mablag‘dan 310 million dollarni quruvchilarga aylanma uchun berish taklifi ma’qullandi.

18 ming xonadon gazda individual isitiladigan qilib qurilgani uchun foydalanishga qabul qilinmay turibdi. Mutasaddilarga ishchi guruhi tuzib, har bir holatni o‘rganib, masalaning yechimi bo‘yicha Hukumatga taklif kiritish topshirildi.

Bu yil 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish esa elektr plitasi orqali bo‘ladigan qilib qurish zarurligi qayd etildi.

Markaziy va ichki ko‘chalarni yoritishda isrofgarchilikni qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Hududlarda liftlarni qabul qilish 2-3 oyga cho‘zilayotgani sababli har bir viloyatda kamida 2 tadan brigada tashkil qilish, 20 nafardan aholini liftlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga o‘qitish vazifasi qo‘yildi.

Kiritildi: 16:27 23.01.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!