Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Bu xabarlarning hammasi yolg‘on!"

"Bu xabarlarning hammasi yolg‘on!"

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muntazam aloqa qilayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Bu xabarlarning hammasi yolg‘on, The Wall Street Journal chop etgan ma’lumotlar mutlaqo noto‘g‘ri. Putin Mask bilan 2022 yilgacha bitta telefon muloqoti o‘tkazgan. O‘sha paytda Putin va Mask o‘rtasidagi suhbat tanishtiruv xarakteriga ega bo‘lgan va kelajak texnologiyalari hamda texnologik yechimlar haqida gaplashilgan. Bu yagona aloqa edi. Shundan so‘ng, Maskning Putin bilan boshqa hech qanday muloqoti bo‘lmagan", — deya munosabat bildirdi Peskov.

Kiritildi: 22:45 25.10.2024. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!