Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

“Bu endi AQShning yordami hisoblanmaydi” — Kaya Kallas

“Bu endi AQShning yordami hisoblanmaydi” — Kaya Kallas

"Agar biz bu qurol-yarog‘lar uchun to‘lov qilsak, bu bizning qo‘llab-quvvatlashimiz hisoblanadi. Ya’ni, bu Yevropa tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam. Biz Ukrainaga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solyapmiz. Shuning uchun boshqalarni ham shunday qilishga undayapmiz...

Bilasizmi, agar siz qurol-yarog‘ yetkazib berishni va’da qilsangiz-u, ammo uning haqi boshqa birov tomonidan to‘lanadi desangiz, bu aslida sizning yordamingiz bo‘lmaydi, shunday emasmi?", - deydi Yevroittifoq diplomatiyasi boshlig‘i Kaya Kallas.

Shuningdek, Kallas Yevropa Ittifoqi hukumati Ukraina uchun qurol-aslaha sotib olish borasida qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rishga harakat qilishini bildirgan.

Kiritildi: 23:05 16.07.2025. O'qildi: 1767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!