"Manchester Yunayted" sardori va yetakchi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "Al-Hilol" bugun 30 yoshli portugaliyalik futbolchining agenti bilan uchrashib, 14 iyun kuni start oladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan oldin futbolchini sotib olish masalasini muhokama qildi.
Hozirda Fernandesh Transfermarkt portalida 65 million yevroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.