Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Brunu Fernandesh APL tarixidagi rekordni takrorladi

Brunu Fernandesh APL tarixidagi rekordni takrorladi

"Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya premyer ligasidagi assistlar bo‘yicha tarixiy natijani takrorladi.

Portugaliyalik futbolchi 37-turda “Nottingem Forest”ga qarshi uchrashuvning 76-daqiqasida Brayan Mbyomoga golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu Brununing joriy mavsumdagi 20-assisti bo‘ldi. APL tarixida bunday natijaga faqat Tyerri Anri (2002/03) va Kevin de Bryuyne (2019/20) erishgan edi.

Joriy mavsumda “Manchester Yunayted” yana bitta o‘yin o‘tkazadi. “Qizil iblislar” 24 may kuni “Brayton”ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 23:48 17.05.2026. O'qildi: 174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!