Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Rishi Sunakni o‘ziga maslahatchi etib tayinladi.
Bu haqda "The Independent" gazetasi xabar bermoqda.
"Rishi Sunak Kiyev kelasi qishgacha energetika sektorini qayta tiklashga harakat qilayotgan bir paytda, Ukraina hukumatiga iqtisodiy jonlanish bo‘yicha maslahatlar berishni boshladi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rishi Sunak bepul maslahat beradi. Sobiq Britaniya Bosh vaziri ham a’zo bo‘lgan xalqaro guruh Ukrainaga mudofaa sektoriga investisiyalarni jalb qilish va "mamlakatning energetik barqarorligini mustahkamlash"da yordam berishni rejalashtirmoqda.