Agar referendum o‘tkazilsa, hozirda britaniyaliklarning faqat uchdan bir qismi mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu haqda The Sunday Times nashri tomonidan e’lon qilingan More in Common tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari dalolat bermoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, respondentlarning 29 foizi Yevropa Ittifoqidan chiqishni ma’qul ko‘rgan, 52 foizi esa ittifoqda qolish uchun ovoz bergan. Yevropa Ittifoqiga a’zolikni qo‘llab-quvvatlash darajasi bir yil ichida to‘rt foizga o‘sdi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 49 foizi yaqin besh yil ichida mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qaytishi bo‘yicha referendum o‘tkazish tarafdori bo‘lgan, 37 foiz respondent yana ovoz berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamagan.
So‘rov 22-24 iyul kunlari o‘tkazildi. Unda 2113 kishi ishtirok etdi.