Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Britaniyalik Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etib rekord o‘rnatdi

A A A
Britaniyalik Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etib rekord o‘rnatdi

Britaniyalik 23 yoshli Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etgan eng yosh ayolga aylandi, deb xabar berdi Sky News.

Mo‘ljaldagi so‘nggi nishon — Tibetdagi Shishapangma cho‘qqisini 9 oktyabr kuni ishg‘ol qilgan Adriana Braunli quvonganidan yig‘lab yubordi. Chunki 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqini zabt etish — har qanday alpinistning orzusidir.

Britaniyalik Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etib rekord o‘rnatdi

Adriana Braunli. Foto: Yahoo News UK

2021 yilning mayida, 20 yoshida Everestni zabt etgan Adriana keyingi uch yil davomida qolgan «sakkiz mingliklar»ni birin-ketin ishg‘ol qildi.

Dengiz sathidan 8000 metrdan baland cho‘qqilar dunyoda 14 ta bo‘lib, barchasi Nepal, Tibet (Xitoy), Hindiston va Pokiston hududlaridagi Himoliy va Qoraqurum tog‘larida joylashgan. Jomolungma (Everest) — 8 849 m, Chogori (K2) — 8 611 m, Dxaulagiri — 8167 m, Nangaparbat — 8126 m shular jumlasiga kiradi.

Britaniyalik Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etib rekord o‘rnatdi

Dunyoning eng baland 14 cho‘qqisi

Avvalroq nepallik 18 yoshli Nima Rinji Sherpa balandligi 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqining barchasini zabt etgan eng yosh alpinistga aylangan edi.

Kiritildi: 08:41 16.10.2024. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!