Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi

Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan «El-yurt umidi» jamg‘armasi sovrindorlari bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Muloqot davomida davlat rahbarining «Prezident iqtidorli farzandlari» tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati va yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Buyuk Britaniyada ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi hamkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etildi.

Tadbir doirasida VSO (Volunteyers Servicyes Overseas) tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Unga ko‘ra, tomonlar umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, xususan 500 nafardan ortiq britaniyalik o‘qituvchilarning jalb qilinishiga kelishib oldi.

Kiritildi: 12:02 23.05.2025. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!