Britaniyaning moliyaviy nazorat organi — FCA (Financial Conduct Authority) mamlakatdagi yirik banklarga mijozlarga jami £11 milliard funt sterling miqdorida mablag‘ qaytarishni buyurdi.
Ma’lum qilinishicha, 2007 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda banklar avtokreditlar bo‘yicha yashirin ravishda foiz stavkalarini oshirib, komissiya ko‘rinishida qo‘shimcha daromad olgan.
Natijada, taxminan 14 million kishi kompensasiya oladi, har biriga o‘rtacha £700 to‘lanishi kutilmoqda.
Mojaroda Lloyds, Barclays, Santander va boshqa katta banklar ishtirok etgan. Xabar tarqalgandan so‘ng Lloyds bankining aksiyalari 2,6 foizga pasaydi, chunki bank ehtimoliy to‘lovlar uchun oldindan £1,15 milliard zaxira ajratgan edi.