AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifi doirasida Buyuk Britaniya va AQSh atom energetikasi rivoji bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolashi kutilmoqda.
Bu kelishuv ikki davlatga yangi elektr stansiyalarini moliyalashtirish uchun sarmoya jalb qilishga yordam beradi. Jumladan, amerikalik X-Energy va britanlik Centrica kompaniyalari tomonidan Angliyaning shimoliy-sharqida 12 ta zamonaviy modulli reaktor qurish rejasi mavjud.
🔹 Buyuk Britaniya hukumati oxirgi oylarda atom energetikasini rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular $19 milliardlik investisiya bilan "Sizewell C" AES qurilishiga va Rolls-Royce kompaniyasi tomonidan mamlakatdagi birinchi kichik modulli reaktor (SMR) loyihasini amalga oshirishga yordam berayotgani aytildi.
🔹 Shuningdek, Britaniyaning Urenco kompaniyasi AQSh bozoriga kam boyitilgan uranning takomillashtirilgan turini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzmoqda.
🔹 Yordamchi loyihalardan yana biri — $15 milliardlik zamonaviy ma’lumotlar markazlarini barpo etish bo‘lib, ular kichik modulli reaktorlar orqali elektr bilan ta’minlanadi.